Televizor ko'rish zararlimi?
1 .Programmadagi sizga qiziqarli bo‘lgan kino yoxud ko‘rsatuv, dasturlarni belgilab qo‘yasizmi?
(Ha/yo‘q)
2 .Insonning bilim doirasini oshirishda ko‘mak beradigan ko‘rsatuvlarni muntazam ravishda ko‘rib borasizmi?
(Ha/yo‘q)
3 .Biror serial, tok shou, kinolarni muntazam ravishda ko‘rishni odat qilib olganmisiz?
(Ha/yo‘q)
4 .Televizor ko‘rayotib darslaringizni, ishlaringizni unutib qo‘yasimizmi?
(Ha/yo‘q)
5 .Televizor ko‘rishni boshqa aqlni charxlaydigan narsalar qatoriga qo‘ya olasizmi?
(Ha/yo‘q)
6 .Borayotgan yeringizda televizorning bor yo‘qligi bilan qiziqasizmi?
(Ha/yo‘q)
7 .Biror kanalni ko‘rish masalasi bo‘yicha oilangizda tez-tez tortishuvlar bo‘lib turadimi?
(Ha/yo‘q)
8 .Agar kanalni qiziqib ko‘rayotgan vaqtingizda uyingizga mehmonlar kelib qolib, hamda ular siz ko‘rayotgan narsaga qiziqishmasa, televizorni o‘chirishga qodirmisiz?
(Ha/yo‘q)
9 .Televizor — ovqatlanayotgan vaqtda bolalarning jim o‘tirishining eng yaxshi yo‘li ekanligiga qo‘shilasizmi?
(Ha/yo‘q)
10.Cho‘ntagingiz ko‘tarmasa-da so‘nggi nusxadagi televizorni sotib olishga intilasizmi?
(Ha/yo‘q)
11 .Televizorni xohishingizga qarab juda baland eshitishingiz bilan o‘zgalarning ishi bo‘lmasligini istaysiz-a?
( Ha/yo‘q)
12 .Ilgari odamlar dam olishda rohatlangan, qoniqgan umuman mashg‘ul bo‘lgan narsalar o‘rnini televizor bosganiga qo‘shilasizmi?
(Ha/yo‘q)
13 .Televizorda ko‘rgan faktlarga, narsalarning bariga ham ishonaverasizmi?
(Ha/yo‘q)
14 .Televizorni yoqib qo‘yib, uni hech kim ko‘rmayotgan bo‘lsada o‘chirishni xayolingizga keltirmaysiz-a?
(Ha/yo‘q)
Har bir savolga bergan javobingizni quyidagi mundarija yordamida taqqoslang. Agar ba’zi savollarga javob bermasangiz, 0 qo‘yib qo‘ying.
1. Ha - 5 2. Ha - 10 3. Yo‘q - 5 4. Yo‘q - 10 5. Yo‘q - 5 6. Yo‘q - 5 7. Yo‘q - 5 8. Ha - 10 9. Yo‘q - 10 10. Yo‘q - 10 11. Yo‘q - 10 12. Yo‘q - 10 13. Ha - 5 14. Yo‘q - 1090 – 130: Televizor — sizning do‘stingiz. Siz undan unumli foydalanasiz, u yordamida bilim doirangizni kengaytirasiz.Sizda undan tashqari qiladigan ko‘pgina qiziqarli ishlaringiz bor, ko‘p kitob o‘qiysiz, oilangizni qadrlaysiz, do‘stlaringiz ham talaygina. 20 — 85:Televizor sizga do‘st ham, dushman ham emas, uni ko‘rish sizga odat tusiga kirib qolgan. “ 0” ochko qo‘ygan javoblaringizga qarab shuni aytish mumkinki, siz qaysi dasturni ko‘rishingizni xohlagan vaqt aniqlaysiz. Bilimni oshirishda televizordan unumli foydalaning. 0—15: Bilasizmi, televizor sizning ashaddiy dushmanlaringizdandir. U sizni butkul qo‘lga olgan. Bunaqada o‘zligingizni yo‘qotib qo‘yasiz!
Keyingi test... Sharxlash 10.06.2006
Agar siz yaqinlaringizga internet orqali otkritkalar yubormoqchi bo'lsangiz buning uchun quyidagi ssilkani bosing. 002.Islombek.
Tak vapsheta qizlani o'rash oson..))))) Masalan qizlaga mani
tachkam ili moneyladan do x....... dese bo'ldi))))) atak xamma qizlayam o'ralvurmidiyu nu 100% dan 99% shu axvol tak shto BRO
Don't worry)))) ok..... Davomi...
Sayt adminstratori siz aziz muhlislarga ham sizlarga ma'qul narxlarda web-sayt yasab beradi. Agar sizda shunday istak tug'ilgan bo'lsa bu haqda sayt adminstratoriga murojaat qiling! Men sizlarga qo'ldan kelganicha yordam beraman.
Agar siz o'z firmangiz yoki boshqa bir sohada ishlovchi bo'lsangiz va sizning firmangizga ham sayt yasash lozim bo'lsa biz siz istagan ko'rinishda sayt yasab beramiz. Narxlar o'zaro kelishuv asosida! Siz buning uchun menga maktub yo'llang. E-mail: hurshidbek1985@mail.ru