Siz uyatchanmisiz?
Yurish- turishimiz, o‘zimizni tutishimiz turli vaziyatlarda ko‘zga tashlanadi. Ba’zida shunday holatlar ham yuzaga kelib qoladiki, o‘sha vaqtda noqulaylikdan yoxud uyatdan yerga kirib ketishga tayyor turamiz. Inson qay vaqtda uyaladi yoki uyalishi kerak? Bu savolga quyidagi testdan javob topishingiz mumkin.
Savollarga «Ha» yoki «Yo‘q» deb javob bering. Test qizlar uchun mo‘ljallangan.
1. Katta bir davraga sizni nutq so‘zlashga taklif qildilar. Yuzlab, minglab inson-larning nigohi sizda, siz bu ishni uddalay olasizmi?
( Ha – 4, Yo‘q — 1)
2. Qiyin vaziyatga tushib qolib, yolg‘on gapirishga majbur bo‘ldingiz. Yuzingiz bundan tez qizarib ketadimi?
( Ha – 1, Yo‘q — 5)
3. Sizga bir yigit yuragini ochib, sevgi izhor qildi. Bu vaziyatda siz ko‘zingizni qayga yashirishni bilmay, dovdirab qolasizmi?
( Ha — 2, Yo‘q ——6 )
4. Siz jamoat transportidasiz. Konduktor yo‘l xaqini so‘rab, sizga yaqinlashdi. Sumkangizni titkilab turib, katmoningiz ya’ni, pulingiz uyda qolib ketganini angladingiz. Shunda siz sharmanda bo‘lishdan qattiq qo‘rqib ketib, yig‘lab yuborishga tayyor turasizmi?
( Ha – 1, Yo‘q —4)
5. Qarama-qarshi jins vakillari bilan tez chiqishib ketasizmi?
( Ha — 5 , Yo‘q — 1)
6. Qalbingizda muhabbat uchqun oldi. Siz bu xaqida sev-ganingizga ayta olasizmi?
( Ha — 3, Yo‘q — 0)
7. Egningizga kiyib olgan kiyim atrofdagilarni o‘ziga jalb eta boshlasa, bundan noqulay ahvolga tushasizmi?
( Ha— 1, Yo‘q — 3)
8. Agar kimdir sizga suqlanib qarayotganini sezib qolsangiz, o‘zingizni g‘alati his qilasizmi?
( Ha—0, Yo‘q,— 4)
Ballarni hisoblab chiqing:
20—36 : Sizni uyatchanlar qatoriga sira qo‘shib bo‘lmaydi. Tortinchoqlik, jur’atsizlik sizga butkul begona. O‘zingizga ishonchingiz kuchliligidan ko‘p narsaning uddasidan chiqa olasiz. Erkinsiz, doim tashabbusni qo‘lga olib, dadil qadam tashlaysiz. Biroq, shuni unutmang-ki, uyatchanglik, andisha momolarimizdan qolgan ajoyib xislat. Ayol kishiga uyatchanlik erkak kishiga nisbatan ko‘proq ayollarga yarashadi. Yigitlar dadil, jonbozlik ko‘rsatadigan qizlardan sal hayiqishadi. Xulosa chiqarish…
12 — 19 : Uyatchanligingiz me’yorida ekan. Kerak joyda andisha bilan ish yuritib, Hayo-iboni yuqori qo‘yar ekansiz. Biroq, ba’zan dadillik bilan faoliyat yuritishga tortinchoqlik qilasiz. Noqulay vaziyatlardan chiqib ketish qo‘lingizdan kelar ekan. Umuman olganda uyatchanligingizning chegarasi ijobiy baholanishga ar-ziydi.
7 — 11: Voy-bo‘! Bunchalik uyatchanlik sizga kimdan o‘tgan? Sal dadilroq, jadalroq bo‘lishingiz kerak, aks holda, bu xislatingizdan ba’zi odamlar foydalanib, sizni nazar-pisand qilmagan holda, dog‘da qoldirib ketishlari mumkin. Bu hayotda o‘z o‘rningizni topib, ko‘zga ko‘rinishni, obro‘-hurmatga ega bo‘lishni istasangiz, tortinchoqlikka, uyatchanlikka sal chek qo‘ying. Ichki his-tuyg‘ularingizga qarshi o‘laroq, hayot, zamon ko‘zgusiga «tik» boqing!
Keyingi test... Sharxlash 10.06.2006
Agar siz yaqinlaringizga internet orqali otkritkalar yubormoqchi bo'lsangiz buning uchun quyidagi ssilkani bosing. 002.Islombek.
Tak vapsheta qizlani o'rash oson..))))) Masalan qizlaga mani
tachkam ili moneyladan do x....... dese bo'ldi))))) atak xamma qizlayam o'ralvurmidiyu nu 100% dan 99% shu axvol tak shto BRO
Don't worry)))) ok..... Davomi...
Sayt adminstratori siz aziz muhlislarga ham sizlarga ma'qul narxlarda web-sayt yasab beradi. Agar sizda shunday istak tug'ilgan bo'lsa bu haqda sayt adminstratoriga murojaat qiling! Men sizlarga qo'ldan kelganicha yordam beraman.
Agar siz o'z firmangiz yoki boshqa bir sohada ishlovchi bo'lsangiz va sizning firmangizga ham sayt yasash lozim bo'lsa biz siz istagan ko'rinishda sayt yasab beramiz. Narxlar o'zaro kelishuv asosida! Siz buning uchun menga maktub yo'llang. E-mail: hurshidbek1985@mail.ru