URUSHDA YUQOLGAN ASKAR

1945 yil yo’qolgan yapon askari Isinoske Uvano Ukraina qishloqlaridan birida topildi. Imperator armiyasining askari bo’lgan Uvanoni qarindoshlari Ikkinchi jaxon urushida xalok bo’lgan, deb o’ylashgan. Endi u vataniga qaytdi. Urush tugashi arafasida Uvano sovet armiyasi tomonidan asirga olingan va Saxalinda qolib ketgan. Keyin asirlikdan qochgan va Tinch okeanidagi orollarda yashirinib yurgan. 1965 yilda Ukraina xududiga muqim o’rnashib, Jitomirning xutorlaridan birida yashay boshlagan. Xutorda Uvano oila qurgan va uch farzand ko’rgan. O’tgan 60 yil mobaynida u birorta xam xujjatsiz yashagan va Yaponiyadagi qarindoshlari bilan bog’lanishga xarakat xam qilmagan. Shuning uchun uni Yaponiyada o’lganlar qatoriga kushib kuyishgan ekan. Ammo 83 yoshga kirgan Uvano o’limi oldidan qarindoshlarini izlab topishga qaror qildi. U Yaponiyaning Ukrainadagi elchixonasiga so’rovnoma yozib, pasport bilan bog’lik muammolarni xal etish va vataniga qaytishiga yordam berishni iltimos qilgan. Yaponiya va Ukraina xukumatlari uning iltimosini inobatga olib, yordam berishgan. Ma’lumotlarga qaraganda, xozirda sobiq SSSR xududida 400 ga yaqin sobiq yapon asirlari yashamoqda. Ulardan 40 nafarigina aniqlangan xolos.

Boshqa maqolalarni o'qish Sharxlash 10.06.2006

XAYOT UChUN XAVFLI YORDAM

Britaniyaning Sharqiy Yorkshir grafligida yashovchi 21 yoshli yigit jentelmenlik qilaman deb cho’kib ketdi. U mast xolatda sevgan qizining suvga tushib ketgan tuflisini olib bermoqchi edi. Ikki sevishgan yarim kechagacha kafeda o’tirishdi. Tungi soat 1:00da daryo bo’yiga borishga qaror qilishdi.U yerda esa kiz bexosdan tuflisini suvga tushirib yubordi. Yigit esa darxol o’zini suvga otdi. Suvga sho’ng’igan yigit xadeganda ko’rinavermagach, qiz politsiya chaqiradi. Tezda yetib kelgan g’avvoslar suv ostida qidiruvni boshlab yuborishadi va ertalabki beshga yaqin yigitning tanasini topib chiqishadi. U allaqachon o’lib bo’lgandi.

Boshqa maqolalarni o'qish Sharxlash 10.06.2006

O’G’RILAR MAKTABI

Italiya politsiyasi poytaxt Rimda faoliyat yuritgan o’g’rilar maktabini fosh etib, yo’q qilishdi. Bu maktabni 50 yoshli bir rumin ochgan bo’lib, u yerda asosan yoshlarga pul evaziga o’g’rilik “san’ati” o’rgatilardi. Politsiya maktabga ayni dars qizigan vaqtda bostirib kirdi va ularni qo’lga oldi. Bu vaqtda o’qituvchi o’quvchilariga odamlarning xamyonini qanday qilib bildirmasdan olish mumkinligini o’rgatayotgandi. “Ustoz” xibsga olindi va Redjina Koeli qamoqxonasiga jo’natildi. O’quvchilar esa tushuntirish ishlari olib borilgach, qo’yib yuborildi. Ulardan boshqa bu ishga qo’l urmaslik xaqida tilxat yozdirib olindi.

Boshqa maqolalarni o'qish Sharxlash10.06.2006

JYUL VERNNING SUV OSTI KEMASI

Panamaning Tinch okean tomonidagi qirg’og’i yaqinida joylashgan San-Telmo shaxarchasi baliqchilari 1865 yilda yasalgan suv osti kemasini topib olishdi. Baliqchilarining aytishicha, qirg’oq yaqiniga kelib qolgan bu kema suv kamaygan paytlari yuzaga chiqib, ko’rinib qolarkan. Xamma bu submarina Ikkinchi jaxon urushi davrida nemislardan qolib ketgan deb o’ylagan. Vankuver dengiz muzeyi direktori Jeyms Delgado ta’til paytida Panamaga kelib, bu kemani ko’rib qolmagunicha xamma shu fikrda yuravergan. Delgado barcha davrlarda yasalgan suv osti kemalarining turlarini yoddan bilardi. U kemani ko’rgach, xayratdan yoqa ushlab qoldi. Tekshiruvlar natijasi uning xayratiga nixoya yasadi. Xaqiqatan xam ushbu “Sub Marine Explorer” suv osti kemasi bundan 140 yil avval 1865 yilda AQShlik nemis muxandisi Yulius Krol tomonidan yaratilganligi isbotlandi. Ammo bu kema egasiga muvaffaqiyat keltirmagan. Krol kemani suv ostida sinab ko’rish vaqtida xalok bo’lgan. Shunisi qiziqki, topilma Jyul Vernning “Suv ostida 80 ming lyo” asaridagi voqealar sodir bo’lgan davrda yaratilgan. Garchi u kapitan Nemoning “Nautilus”iga o’xshamasa xam Jyul Vernning farazlari yolg’on bo’lmaganini isbotlamoqda.

Boshqa maqolalarni o'qish Sharxlash10.06.2006

Aziz do'stlar! Agar sizlar skanvord yechishga qiziqsalaring men sizlarga "OROM +"gazetasini tavsiya etaman. Sizlar yana ushbu gazetadan turli qiziqarli latifalarni o'qishingiz mumkin. Yana bundan tashqari 65 000 so'm miqdorida yutuqqa ega bo'lishingiz mumkin