“Chellenjer” nimaga portladi?

1957 yil insoniyat kosmik fazoni zabt etishni boshlagan yil bo‘lib tarixda qoladi.
Bu tarixiy voqeaga mana 45 yil bo‘libdi. Bu vaqt ichida insoniyat fazo va boshqa planetalarni boshqariluvchi apparatlar va odamlar bilan tadqiq qilishda juda ko‘p muvaffaqiyatlarga erishdi. Oyning orqa tomoni suratga olindi. Venera va Mars ko‘plab kosmik apparatlar bilan o‘rganildi. 1969 yilda birnchi inson oy tuprog‘iga qadam qo‘ydi. Yupiter, Saturn, Uran, Neptunlar “Pioner ” va “Voyajer” kemalari yordamida o‘rganildi.
Lekin fazoni apparatlar yordamida tadqiq qilish juda ham qimmatga tushadigan qiziqshdir.
“Appolon” kemasi bilan oyga uyushtirilgan birgina ekspeditsiya Amerikaga 5mlrd. Dollarga tushishi hisoblangan. Bundan tashqari “Appolon”ni kosmosga olib chiquvchi “Saturn-5” eltuvchi raketasini yaratishga 25mlrd. dollar sarflangan.
Ana shunday xarajatlarga har qanday davlatning iqtisodi ham bardosh berolmaydi.
O‘tgan 45 yil davomida faqatgina ikkita davlatning o‘z raketasi bilan kosmik fazoga odamni uchira olgani Frantsiya, Germaniya, Yaponiya kabi yuksak imkonitlarga ega davlatlarning ham bu borada “etti o‘lchab bir kesayotgani”ni ko‘rsatmlqda.
Iqtisodi dunyoda eng rivojangan AQSh ning ham xarajatlarni qisqaritiriish maqsadida 70-yilardan bogshlab ko‘p marta foydalaniladigan kosmik kemalar va raketalar yaratishga kirishdi. “Speys Shattl” (“Samo mokisi”) nomini olgan bu loyiha birinchi tayyorlangan “Kolumbiya” kemasining dastlabki parvozi 1981 yilning 12-14 aprelida astronavtlar Jong Yang va Robert Krippen tomonidan amalga oshirildi. Shundan so‘ng bu apparatlar yana 3 nafari “Atlantik”, “Diskaveri ” va “Chellenjer”lar yaratildi.
Birin-ketin kosmosga pparvoz qilayotgan bu yekmalarga Amerika texnikasining g‘alabasi sifatida qaralayotgandi.Lekin 1986 yil yanvar ...
“Speys Shattl” loyihasi bo‘yicha 51-“Chellenjer” kemasi esa o‘zinign o‘ninchi parvoziga uchishi kerak edi. 1985 yil 22 dekabrda “Chellenjer” kemasi raketa bilan startga o‘rnatildi. Parvoz 1986 yil 24 yanvarga mo‘ljalangan edi. Lekin Dakar (Senegal) aedormida qum bo‘ronlari bo‘layotganligi tufayli parvoz 26 yanvarga qoldirildi.Dakar aeroporti zahira Qo‘nish maydani hisoblanib, Agar parvozning dastlabki daqiqalarida nosozlik ro‘y bersa, “Chellenjer” shu aerodromga qo‘nishi lozim edi.
26 yanvarda esa Florida ustini ukchli bulut qoplab, chaqmoqar bo‘lishini ma’lum qilishdi. Uchish yana bir kunga qoldirildi.
27 yanvarda avstronavtlar kemada o‘x o‘rinlarini egalladilar. Kema eshiklari yopiildi. Kema gerpetikligi tekshirilganida, eshiklar yaxshi yopilmayotgani ma’lum bo‘ldi.
Kamchiliklar tuzatilib kema uchishga tayyor bo‘lganida osmonni yana qora bulutlar qoplagan, Dakrda yana qumbo‘roni boshlangan eli. Go‘yo tabiatning o‘zi fazogirlarni parvozdan qaytarmoqchi bo‘layotgandek edi.
28 yanvarga o‘tar kechasi qattiq sovuq bo‘lib, suv muzladi. Eltuvchi raketalarning tezlatgichini yaratgan “Morton Tiokol” firmasi rahbarlari parvoz rahbarlariga tezlatgichlar bunday passt havoda ishdan chiqqan bo‘lishi mumkinligini va ularni qayta tekshirib chiqish lozimligini ma’lum qilishdi.
Lekin parvoni 5-marta qoldirishga NASA rahbarlari o‘zlarida kuch topa olmadilar. Bir haftadan beri asablari charchagan boshliqlar uchishga ruxsat berdilar.
28 yanvarda soat 11 dan 38 daqiqa o‘tganda “Chellenjer” parvozni boshladi. Kemada harbiy uchuvchilar Frensis Skorbi va Mixael Smitt, injenerlar Ellison Onizuka va Gregor Jarvis, lazerlar bo‘yicha mutaxassisRonald Makneyr, ayollardan Uadita Reznik va Krista Makolifflar bor edi. Uchish boshlaganda tezlatgichlar tutashgan joydan tutun chiqa boshladi. 59-sekunddaesa shu joydan alanga chiqa boshladi. Astronavtlar eltuvchi raketadagi bu nosozlikni ko‘ra olishmasdi va shu sababli biron-bir chora ko‘rishlarining imkoniyati yo‘q edi.
Parvozni boshqaruvchilar vaziyatni to‘g‘ri baholay olmadilar. Ehtimol katta mas’uliyat talab etadigan parvozni to‘xtatish haqidagi buyruqni berishga o‘zlarida kuch topa olmagandir.
Parvozning 73 sekundida 14 km balandlikda millionlab teletomoshainlar guvohligida “Chellenjer” portlab ketdi. Bu Amerikaning, qolaversa butun insoniyatning fojeasiedi. Fojeadan keyin NASA boshliqlaridan ko‘pchiligi o‘z vazifalaridan bo‘shatildilar. “Shatll”lar konstruktsiyalariga kerakli o‘zgartirishlar kiritildi. Hozirda “Shatll”lar o‘z parvozlarini amalga oshirishga davom etmoqdalar. “Chellenjer” fojeasi esa insoniyat tarixida texnik nosozlik tufayli yuz bergan eng qimmat avariya bo‘lib qoladi. Fojea oqibatida 8 mlrd dolar zarar ko‘rildi. Shundan 3 mlrd dollari “Chellenjer”ni qurishga ketgan pul edi.

Boshqa maqolalarni o'qish Sharxlash 10.06.2006

Aziz do'stlar! Agar sizlar skanvord yechishga qiziqsalaring men sizlarga "OROM +"gazetasini tavsiya etaman. Sizlar yana ushbu gazetadan turli qiziqarli latifalarni o'qishingiz mumkin. Yana bundan tashqari 65 000 so'm miqdorida yutuqqa ega bo'lishingiz mumkin