TABIAT DARSI

Ot Ч juda mehnatsevar jonivor. Kuchining koСpligini aytmaysizmi?.. OСgСlim Alyosha-chi? Otday kuchi bor. Otday ichadi har kuni. Lekin sira arzigulik foyda keltirmaydi uyga.
Sigir Ч hammamizning boquvchimiz. Juda itoatkor. Uni istaganingcha sogСaver, indamay turadi. Ikkinchi oСgСlim Kolya-chi? Bir tiyin olib kelmaydi uyga. Hammasini ichib yuboradi. Faqat indamasligi oСsha sigirimizga oСxshaydi, xolos.
Ч ChoСchqa Ч qancha goСsht, yogС beradi soСysa. Kuyovim Sashka-chi? Tilini sayratishni biladi faqat. Bir kuni mastlikda yiqilib tushibdi. OСshandan beri indamas boСlib qoldi. Faqat ertalab va kechqurun bir martadan davlat madhiyasini kuylab oladi, boСldi.
Mushugimiz Ч juda aqlli. Uni hatto uch ming kilometr uzoqlikka irgСitib yuborsang ham baribir oСz uyini topib keladi. Boshqa kuyovim Slavka-chi? Bir kuni mastlikda adashib qolibdi. Kunduzi shixsiy tomorqasida ichgan-u, oСsha yerda adashib qolgan.
Eh, bular kimga tortgan oСzi? Ichaverishadi, ichaverishadi... Xudoga shukr, onamiz ichmaydi. Qarib qolgani uchun boСlsa kerak. Aytgancha, buvim ham ichmaydi. Vrachlar taqiqlab qoСyishgan. Bobom boСlsa mana besh yil... Ha, olamdan oСtgandan beri ichishni bas qilgan...
Ha, menga Xudo jazo berganga oСxshaydi. BoСlmasa shunaqa yaqinlarga yoСliqarmidim...
Ie, ana, oСrdaklar svga tushib ketishayapti. Demak, hoziroq bir, ikki, bor-e, uch stakan aroq urib kelishim lozim.

Keyingi hajviya ... Sharxlash 10.06.2006

TARBIYaNING ASOSIY MUAMMOSI

Ч УIshni buzaymi yo buzmaymi?Ф Ч deya oСziga oСzi savol berardi Yurkov oСgСli haqida oСylarkan. Ч Ishni buzmasam, gСirt quloqsiz boСlib oСsadi. Buzishni boСlsa, pedagogikaga toСgСri kelmaydi deyishayapti... Ha, demak, buzmayman...
YoСq, u holda qanday qilib bu yaramas bolani yoСlga solay?.. Yaxshi gapirsang, tushunmasa. Otasidan oСrnak olay demasa...
Yurkov ogСir xoСrsinib atrofga qaradi. Bolalar bogСchasida bolakaylar, ota-onalar juda koСp edi. Ammo dardini eshitadigan odamning oСzi yoСq. YoСq, axir, tanimagan odamdan maslahat soСrab boСlmaydi-ku!.. Qanday qilib УOСgСlimning adabini beraymi, bermaymi?Ф deb soСraysan?!. Bu juda kulgili-da!..
Demak, baribir ishni buzish va bolaning adabini berish lozim. Terisini shilvolsinmi hozir shu bolaning?.. YoСq, bunday qilsa, baqir-chaqir qiladi. QoСshnilar eshitadi-yu, darrov militsiyaga chopishadi. Yo boСlmasa, ishxonasiga xabar berib yuborishadi. E, ishxonada unga qarshi oСtkaziladigan majlisga sira toqati yoСq...
Unda... Ishni buzmay qoСya qolsinmi?.. Hurmati yoСqoladi-ku oСgСlining oldida!.. Bitta gap gapirsa, oСntasini taxlab tashlaydigan boСladi.
Ч Ota, mening oСzim yaxshi bilaman nima qilishni. Menga oСrgatma! Ч deyishdan ham toymaydi keyin bu bola.
Yurkov sekin koСzlarini ochib soatiga qaradi va vaqt boСlib qolganini bildi shekilli, yoСlga otlana boshladi... SoСngra yana birdan toСxtadi...
Yoki... Tanga tashlab koСrsamikan-a?.. Agar gerb tarafi tushsa, ishni buzadi, aksincha tarafi tushsa, niyatidan qaytadi.
U choСntagini kovlab tanga chiqardi va yerga tashladi.
Oh, aksincha tarafi tushibdi!.. Dahshat!.. Nahotki, oСz oСgСlimning mundoq adabini berib qoСya olmasam?.. YoСq, bu adolatdan emas. Uch martagacha tashlayman. OСshanda hisobga oСtadi.
U tangani qaytadan choСntagiga soldi-da, ikki marta yerga tashlab koСrdi. Ikkalasida ham gerb tomoni tushgachgina, yengil nafas oldi.
Ha, demak, adabini berishim lozim. Bu juda toСgСri yoСl...
Adabini beraman. Faqat imi-jimida...
Yurkov tangani choСntagiga joyladi-yu, yana bir marta soatiga qarab olgach, xotini va yangi tugСilgan chaqalogСi yotgan tugСruqxona tomon yoСl oldi.

Keyingi hajviya ... Sharxlash 10.06.2006

Ozoda Nursaidovaning muxlislari diqqatiga! Tez orada sizlar Ozoda Nursaidova bilan qilingan suhbatni o'qishingiz mumkin!

Hosted by uCoz