Oybekning she'rlari



Tog'

Qachondir yosh bolgan norkelbat bu tog',
uni mag'rur tutkan usmir viqori,
qalbida orzuday qaynagan buloq,
bag'rida oq qand day erigan qori.

O'sa borgan  yillar narvoni boylap,
buronlarga ku'ksin kera olgan u,
quynida oxular yurganda o'ynab,
latif imkonlarni  bera olgan u.

Uning  sabotidan kukargan archa,
durkun va ko'rkamdir yil-o'n ikki oy,
jonzodlar  yashaydi unda martlarcha,
unda shifo, safo, matonat, chiroy.

Ne-ne darg'alar  ko'rib ulg'aygan;
qilich sermaganda chaqin, tutkan bosh,
zilzila zarbidan vazmin tulg'angan,
uvalanmagan hesh ko'ksida bardosh.


O'zbekiston xalq shoiri :Zulfiya: xonim ijodlaridan.

         O'zbekistonim!

Gullar vodiysida umidlar o'sar,
U'ylarning to'rini beshiklar bezar,
Oq tonglarni kutib shomollar esar,
Onalari suyuk O'zbekistonim,
Kelajagi buyuk O'zbekistonim.

Ko'zlarida yongan nur muxabbatdir,
yaxshi niyatlari yarim davlatdir,
Ostonasi tilla hur mamlakatdir,
Otalari suyuk O'zbekistonim,
Kelajagi buyuk O'zbekistonim.

Ishonch yuksaladi osmonlarida,
Kelajag yuragi karvonlarida,
Buyuklik balqiydi to'rt yonlarida,
Farzandlari suyuk O'zbekistonim,
Kelajagi buyuk O'zbekistonim.







Keyingi sahifa... Sharxlash 10.06.2006

Ozoda Nursaidovaning muxlislari diqqatiga! Tez orada sizlar Ozoda Nursaidova bilan qilingan suhbatni o'qishingiz mumkin!

Hosted by uCoz