Sport mening xamroxim

Sport –bu sog‘liq qalqoni, manbaidir. Buni albatta hammamiz bilamiz. U bilan hayotimiz yanada ravon, sog‘lig‘imiz yaxshilanadi, umrimiz uzayadi. Sportning har bir turi, yo‘nalishi va usuli ijobiy natijalarni beradi kishi organizmiga. Ba’zilar biror sport turi bilan katta yutuqlar, sovrinlar, g‘alabayu nashida uchun shug‘ullansa, yana kimdir uchun bu xobbining bir turi. Ko‘plar uchun esa sog‘liq garovi. Jismoniy tarbiya bilan shug‘ullangan kishining ruhiyati ko‘tariladi, zavq-shavqi, g‘ayrati oshadi, shu bilan birga tashqi ko‘rinishi ko‘rkamlashadi, qaddi-qomati go‘zallashadi. Bir so‘z bilan aytganda sportning inson a’zosi uchun foydasi kattadir. Siz bu betinim turmush tarzingizda jismoniy tarbiya uchun vaqt ajrata olyapsizmi? U bilan qanchada shug‘ullanib turasiz? Uning sizga qanday foydasi tegyapti? Buni aniqlashtirib olish uchun quyidagi test sizga muntazir.

1. Sizningcha sport bilan qanchada shug‘ullanib turish kerak?
A) Har kuni, iloj bo‘lsa bir kunda ikki mahal: ertalab va kechqurun;
B) uch-to‘rt kunda bir;
V) vaqtga, ehtiyojga qarab.

2. Har kuni ertalab uyingiz yaqinida joylashgan maydonga yugurishga chiqishni odat qildingizmi?
A) Yo‘q, bunga sira vaqt yetmaydi, shundoq ham ishga zo‘rg‘a ulguraman;
B) ha, men buni kanda qilmayman, mana bir necha yildirki muntazam ravishda yugurishga chiqib turaman;
G) ba’zi hollarda, biroq bu juda kam marotaba bo‘ladi.

3. Farzandingiz biror sport turi bilan muntazam shug‘ullanadimi?
A) Ha, u har kuni maxsus to‘garakka qatnaydi;
B) yo‘q, o‘quv mashg‘ulotlaridan ortmaydi;
V) mahalladagi bolalarga qo‘shilib futbol o‘ynab turadi.

4. Sport bilan muttasil shug‘ullanib turadigan kishining boshqalardan nima farqi bor?
A) Baquvvat bilaklari, tetik, sog‘lom gavdasi bilan;
B) hech qanday farqi yo‘q;
V) og‘ir, vazminligi, o‘ziga ishonchli bo‘ladi.

5. Sport bilan shug‘ullanish qizlarga kerakmi?
A) Yo‘q, bu narsa bilan o‘g‘il bolalar shug‘ullangani ma’qul, chunki qiz bolalar nozik-nihol bo‘ladilar, ortiqcha harakat ta’siridan organizm lat yeyishi mumkin;
B) ha, albatta, me’yoriy darajadagi jismoniy tarbiya, bo‘lajak onalar uchun koni foyda;
V) ehtimol.

6. Sizningcha qaerda sportga katta e’tibor beradilar?
A) G‘arbda bo‘lsa kerak;
B) sharqda;
V) bilmayman.

7. Olimlar va tadqiqotchilarning fikricha badantarbiya bilan tongda shug‘ullangandan ko‘ra kechqurun, yotish oldidan shug‘ullanish foydaliroq ekan. Siz bunga qo‘shilasizmi?
A) Yo‘q, baribir ertalabki badantarbiyaning o‘rni boshqa. Chunki inson mana shuning ta’siridan kuni bilan tetik, bardam yuradi, ruhiy holati, kayfiyati ham kun davomida ochiq bo‘ladi;
B) to‘g‘ridir, yotish oldidan qilingan badan tarbiya tinch uxlashga, yaxshi orom olishga ko‘mak beradi;
V) menda tayinli javob yo‘q.

ENDI JAVOBLAR BILAN TANIShAMIZ:

1. A-15   B-10      V-5 
2. A-5     B-15     V-10 
3. A-15   B-5       V-10 
4. A-10   B-5       V-15 
5. A-10   B-15     V-5 
6. A-15   B-10     V-5 
7. A-15   B-15     V-5 

105-80: Sog‘-salomat insonsiz. Barkamol, bardam-baquvvat bo‘lib yurishingizga sabab albatta sport bilan muntazam shug‘ullanib turishingizdir. Shu bilan birga farzandlaringizga ham shuni maslahat berasiz, xullas sport sizning hayotingizda muhim rol o‘ynaydi. Bu bilan siz ko‘pgina dard, kasalliklarning oldini olasiz.
75-60: Tashvishingiz, sportdan boshqa g‘alvangiz talayginami bilmadik, har holda bu mashg‘ulot bilan, kunda badantarbiya bilan shug‘ullanishga sal hafsala yetishmayapti sizda. Sport hayotingizni ancha yaxshilashini, sog‘lig‘ingiz garovi ekanligini bilasiz, ammo bunga har safar ham amal qilmaysiz. Sog‘ va salomat bo‘lay desangiz, kunda badantarbiya, sportning qay turi bo‘lmasin u bilan muntazam shug‘ullanib turing. Uning foydasi nihoyatda katta.
55- 35: Nima deyishga ham hayronmiz yiqqan balingizni ko‘rib. Nima, sizning sog‘lig‘ingiz o‘zingiz uchun katta ahamiyatga ega emasmi? Nega bu darajada bee’tiborsiz? Sizga ajoyib maslahat, turmush tarzingizni bir munchaga o‘zgartirish kezi keldi. Bundan buyon sal barvaqtroq turib har kuni albatta 10-15 daqiqaga bo‘lsa-da, badantarbiya bilan shug‘ullaning. Buni farzandlaringizga ham uqtiring. Ularni ham biror sport turiga mashg‘ul qiling, bu ularning sog‘lig‘i uchun nihoyatda katta foyda beradi. Tez-tez yugurishga chiqib turing, mana ko‘rasiz shu kabilarni bajarganingizdan keyin tanangiz ancha yayraganini, o‘zingizning ham ruhiyatingiz ko‘tarilganini sezasiz.

Keyingi test.... Sharxlash 10.06.2006

Aziz do'stlar! Agar sizlar skanvord yechishga qiziqsalaring men sizlarga "OROM +"gazetasini tavsiya etaman. Sizlar yana ushbu gazetadan turli qiziqarli latifalarni o'qishingiz mumkin. Yana bundan tashqari 65 000 so'm miqdorida yutuqqa ega bo'lishingiz mumkin