Qo'y ( 21 martdan 20 aprelgacha )

UMUMIY TA’RIF. Bu muchalda tug’ilganlar o’zlari-ning to’g’ri so’zligi va qiziqqonligi bilan boshqalardan ajralib turadilar. O’z fikrlarini hammadan yuqori, birinchi o’ringa qo’yadilar va hech qachon bu bilan boshqalar noqulay ahvolga tushib qolishlari mumkinligini o’ylamaydilar.

Ular hech hachon yolg’on gapirmaydilar, shuningdek g’iybat qilishni ham yoqtirmaydilar.Ularning do’stlari qancha bo’lsa, dushmanlari ham shuncha. Hamma "Qo’y"lar bugungi kun bilan yashashadi, kechagi kun ularga saboq bo’lolmaydi. Ular uchun o’tayotgan hozirgi daqiqa, hozirgi vaqt muhimroq.O’z ishlaridagi muvaffaqiyatsizliklarini tan olishni istamaydi. Ular sershovqin, sertashvish hayot kechiradilar. Ko’pincha ularning orzulari ro’yobga chiqmasa-da, boshqalarni baxtli qila oladilar va bundan quvonib yashaydilar.

ERKAKLAR. U sabrsiz, qo’rqmas va o’ziga ishonuvchan odam. Lekin o’z istaklarini amalga oshirish uchun faqat o’zini o’ylab, boshqalardan juda ko’p narsani talab qiladi."Qo’y" hayolot dunyosiga boy, ruhan tetikdir. Uning xotirjam qiyofasi isyonkor yuragani bekitib turuvchi niqob,xolos.Bu muchalda tug’ilganlar orasida ishbilarmonlari ham uchraydi. Ko’pincha muvaffaqiyatga erishishadi. Qo’ylar juda ishonuvchan bo’lishadi, shuning uchun ham ko’pincha odamlardan ko’ngallari qoladi. O’zgalarga yaxshilik qilishni yoqtirishadi va buning uddasidan chiqishadi ham.

Sevgi bobida "Qo’y" juda sadoqatlidir. U kitobiy muhabbat sari intiladi. U borlig’i bilan sevadi va sizdan xam shuni talab qiladi. U sizning xammadan yaxshili-gingizga ishonch hosil qilishi kerak.Bu muchal sohibi atrofidagi ayollar bilan juda ochiq ko’ngil muomalada bo’ladi. Ammo xayolingizga boshqa fikrlar kelmasin, chunki u hech qachon sizni unutmaydi, xatto sizga umuman aloqasi bo’lmagan suhbatlar chog’ida xam sizni yodida tutadi. "Qo’y" ayyorlikni yomon ko’radi. Bu muchalda tug’ilgan erkaklar doimo birinchilardan bo’lishni istaydilar. Agar sevsangiz uni ortidan yugurmang, undan uzoqlab xam ketmang, ammo bari bir u sizning sevishingizni bilishi kerak."Qo’y" bolalari bilan juda yaxshi muomalada bo’ladi. Bunday ota haqida faqat orzu qilish mumkin. U bosh egib yashashni istamaydi. Shuning uchun u bilan bo’lgan buyruqomuz muloqotingiz natijasiz qolsa ajablanmang.

AYOLLAR. Bu muchalda tug’ilgan ayollar juda g’ayratli va qiziquvchandirlar. Erkaklardan marhamat kutish ularning tabiatiga zid.Bu muchal sohibasida hamma vaqt birinchilardan bo’lish, etakchilik, boshqaruvga moyillik kuchli. U juda ishchan, hatto erkaklarning ishlarini ham bajaraveradi. Shuning uchun bu muchalda tug’ilgan har qanday ayol doimo o’z sevimli kasbiga ega.Sevgi bobida bu ayol xayolparastroq. U ertaklarda ta’riflangan bahodirni kutib yashaydi. Agar baxt kulib boqib, bu ayolning nazari sizga tushsa, sirayam hovliqmang. Undan uzoqlab ketmang, u sizni unutib yuborishi ham mumkin. Lekin har kuni uning visoliga intilaverish ham yaxshilikka olib kelmaydi.

Bu ayol sizning xaqiqiy mardonavor, qo’rqmas, zakovatli erkak ekanligingizga ishonch hosil qilmaguncha siz bilan dildan muloqotda bo’lmaydi. Mabodo u sizni sinab qolsa.,uning xulq-atvori erkaklarcha bo’lsa hamki,ichki dunyosi buning aksi. Siz uning sevgisini qozonishga muvaffaq bo’lsangizgina ayollik nazokatini, nafosatini, mehr-muhabbatini his etasiz. U sizga birinchi bo’lib o’zining tuyg’ulari haqida gapiradi. Ha-ha, u siz aytmoqchi bo’lgan gaplarni — dil izhorini kutilmaganda aytadi. Uning muhabbati shunchalar tiniqki,u tuyg’ularini bezab-burkamay, oddiyligicha sizga etkazadi. Lekin siz undan ehtiyot bo’ling.

Bu ayolning rashki juda kuchli. Undan hech narsani sir tutib bo’lmaydi, bundan u qattiq jazavaga tushishi mumkin. Siz hech qachon dugonasini maqtamang, bu bilan siz uning yuragani jarohatlaysiz. U sevgan kishini tanqid qilishni aslo xayolingazga keltirmang. Sizning jamiyatdagi o’rningiz ham "Qo’y"ning nazarida turadi. U siz bilan faxrlanib yashashni istaydi. Uni hamma vaqt himoya qilishingaz lozim, yo’qsa sizni bir umr kechirmaydi. Beka sifatida u uyini doim sarishta tutadi. Oilaviy hayot, onalik unga baxt keltiradi.

Keyingi burj ... Sharxlash 10.06.2006

Ozoda Nursaidovaning muxlislari diqqatiga! Tez orada sizlar Ozoda Nursaidova bilan qilingan suhbatni o'qishingiz mumkin!

Hosted by uCoz