Boshoq ( 24-avgustdan 24-sentyabrgacha )

UMUMIY TARIF. Bu muchalda tugilganlar qattiq tartibga rioya qiladilar, shovqin-suronni yoqtirmaydilar, kochalarda ham odamlar kamroq, tinch joylardan yuradilar. Lekin ular doim boshqalar haqida qayguradilar, dostlariga sodiq va ochiq kongildirlar. Bu muchal sohiblari orasida boydoq va "qariqiz"lar kop uchrasa-da, ayrimlari ikki marta oila quradilar. Ularning jiddiy qiyofalarida aql va maqsad sari intilish aks etadi. "Boshoq"lar boshqalarning kamchiliklarini ochiq-oydin koradilar, ammo oz nuqsonlarini bilishmaydi. Kocha-koyda tilamchilik qiladiganlarga sira ham achinmaydilar. Lekin qiyin ahvolga tushib qolgan dostlariga chin kongildan yordam beradilar. Ular bekorchi va yalqovlarni yoqtirmaydilar. Odamlardagi iqtisodchilik, aniqlik, haqiqatparvarlik, yaratuvchanlikni yuqori baholaydilar. Bu muchalda tugilganlar juda soglom, ish yuzasidan ancha asab kasalliklariga duchor boladilar.

ERKAKLAR. Agar siz hissiyotga beriluvchan bolsangiz bu muchalda tugilgan erkaklar bilan yashab ketishingiz juda qiyin kechadi. U oz sevgisini oilasi, dostlariga bolgan yaqinligi bilan ifodalaydi. Mabodo, siz unga ota hissiyotli munosabatda bolsangiz, uning yonida yiglasangiz, nimalardir vada qilsangiz bu holdan u ajablanishi va hatto qorqib ketishi mumkin. Sevgida u iroda va bardoshni yuqori baholaydi.

Bu muchal sohibi taqdiriga tan berib yashaydiganlardan. U deyarli hamma narsani tanlab-tanlab eydi, kiyadi, yoqtiradi... Hatto ayollarni ham tanlab sevadi va bundan zavqlanadi. Siz uni aldashga yoki ustidan kulishga urinmang, ozingizga yomon boladi. Agar u sizni seva olmasa sirayam mehrini qozonishga intilmang. Shunchaki, dostona munosabatingiz va (garchi yuragingizda isyon bolsa-da) rasmiy muomalangizning ozi kifoya. Bu holdan song siz uni qiziqtirmasligingiz mumkin emas.

Mabodo, baxt kulib boqib, muhabbat tangrisining nazari sizga tushsa sira hovliqmang. U sizni sevib qolgan taqdirda ham avvalgi xulqini ozgartirmaydi. Agar u sizga sevgi izhor qilsayu, siz javobini berishga oshiqmasangiz, u oylab-yillab kutishga tayyor. Etibor bering-a, bunday chidamlilik hech qaysi muchal sohibiga nasib etmagan. U oziga suyukli ayol emas, umr yoldosh izlaydi, otalik burchini chin dildan bajaradi. Uning sogligi haqida qaygurishingizni yoqtiradi, mabodo siz kasal bolib qolsangaz, u butun mehri bilan sizni parvarishlaydi.

Agar u nimadandir xafa bolsa, nima uchunligini surishtirmang, chunki baribir aytmaydi. Yaxshisi, uni yolgiz qoldiring. Hayotingiz davomida bu muchal sohibi bilan baxtiyor turmush kechirasiz. Uning bitta kamchiliga bor, bu ham bolsa tanqidga chidamsizligidir. Shuning uchun siz uning xatolarini tanqid bilan emas, shirinsoz va xushmuomalalik bilan bartaraf etishingiz mumkin.

AYOLLAR. Bu muchal sohibasi oz maqsadlari sari intilib yashaydi. Togri, hamma insonlar oz maqsadi sari intiladi, lekin bu ayol jarliklarga tushib ketsa ham, togu toshdan oshishiga togri kelsa ham, oz yolidan qaytmaydi. Bolar-bolmasga yiglayverishni yoqtirmaydi. r>
Mabodo, uni umr yoldoshi aldagudek bolsa, buni sira kechirmaydi. Qoni-qoshniga gap-soz bolish, eri bilan ajrashib isnodga qolish yomon, albatta. Ammo ishongan, suygan odami tomonidan bir umr aldanib yashash bu ayol uchun dunyodagi eng qabihlikdir. Bu ayol deyarli hamma bilan (shuningdek, erkaklar bilan ham) dostona munosabat ornata oladi.Bu muchal ayoli hamma muchallar orasidagi aql va hayosi mujassamlashgan ayoldir.

Keyingi burj ... Sharxlash 10.06.2006

Ozoda Nursaidovaning muxlislari diqqatiga! Tez orada sizlar Ozoda Nursaidova bilan qilingan suhbatni o'qishingiz mumkin!

Hosted by uCoz