Qisqichbaqa ( 22-iyundan 22-iyulgacha )

UMUMIY TA’RIF. Bu muchal sohiblari juda ochiqko’ngil, sezgir va xayolparastdirlar. Bu odamlar atrofvdagilarga g’alati va tushunarsiz ko’rinishadi."Qisqichbaqa" xushchaqchaqligi bilan boshqa muchal sohiblaridan ajralib turadi.

Yo’q, u o’ta xushchaqchaq odam emas, shunchaki bosiq va ta’sirchan, xolos. Ular "tabiat"idagi ishonchsizlik, xavfsirash tufayli ham buyuklikka intilmaydilar. Shuningdek, istamaydilar ham."Qisqichbaqa"lar ko’pincha yolg’izlikni yoqtiradilar. Ularni salgina e’tiborsizlik, beparvo nigohingiz bilan ham xafa qilib qo’yishingiz hech gap emas. Bu muchal sohiblarining hissiyotlari shu qadar kuchliki, kayfiyatlari beixtiyor sizga ham ta’sir qiladi .Shuning uchun ko’pgina ruhyy ta’sirlovchilar shu muchal sohiblaridirlar.

"Qisqichbaqa"lar sir saqlashni uddalaydilar. Ularning xayollariga kirib borish qiyin, chunki "Qiqichbaqalar"lar o’z sirlari, orzu-umidlarini doimo begona ko’zdan asraydilar. Ular o’z xayotlari haqida gapirishni yoqtir-maydilar. Muchal sohiblari o’z uylarini juda sevadilar, o’z uyidan boshqa hech qaerda o’zlarini erkin his eta olmaydilar. Ular suvni jon dildan xush ko’radilar. Ularni ko’pincha ko’krak qafasi, tizza, jigar, shuningdek, bosh og’riq, oshqozon va boshqa ovqat hazm qilisha’zolari dardi bezovta qilib turadi. "Qisqichbaqa"larning kasal bo’lishlari ham, tuzalib ketishlari ham shaxsiy kechinmalari va kayfiyatlariga bog’liq.

Pul jamg’arish muchal sohiblarining sevimli mashg’ulot-lari. Nonko’rlikni yomon ko’radilar, shuning uchun ularni-kida mehmon bo’lganingizda kosangizdagi ovqatni oxirigacha esangizgina uning ko’ngli ko’tariladi. Ular bolalariga juda mehribondirlar.

ERKAKLAR.Bu muchal sohibining kayfiyati o’zgaruv-chandir. Hozirgana kulib, xushchaqchaq kayfiyatda o’tirgan odam bir daqiqaning o’zidayoq indamas, jiddiy, xayolchan kishiga aylanadi.

Agar "Qisqichbaqa" sevsa, uning xavsirashi yanada ortadi. Chunki u sevgisini yo’qotib qo’yishdan juda-juda qo’rqadi. Shunday paytlarda siz unga dalda bo’lishingiz, ko’nglini ko’tarishga harakat qilishingiz kerak.

Hayotingiz davomida har qanday qiyinchiliklarga, to’siqlarga duch kelishi mumkin, ammo iqtisodiy tomondan sirayam kam bo’lmaysiz. Chunki "Qisqichbaqa" pul topish yo’llarini yaxshi biladi. Chunki yoshlikdan bunga qiziqadi. "Qisqichbaqa" sizga arzon kiyim olgandan ko’ra, qimmat, chiroyli, qulay va ko’pga chidaydiganidan olishni afzal deb biladi. Ko’pincha u sizga:"bugun juda bo’yanib olibsanmi, nima keragi bor, mening onam sendayligida tabiiy go’zal edi", "Shuni ham sotib oldingmi, onam har qanday shirinlikni o’zi pishirar edilar", deb sizni ranjitsa-da, u sizdan qo’lingizdan kelmaydigan ishni talab qilmaydi. "Qisqichbaqa" ajoyib otadir. U bolalarni juda sevadi, o’g’illari bilan faxrlansa, qizlarini tish-tirnog’i bilan himoya qiladi, garchi farzandlariga hush kelmasa-da, ular bilan bir umr birga bo’lishni istaydi.

AYOLLAR. U muloyim yo qiziqqonmi buni hech qachon bila olmaysiz. Ammo u qanday holatda bo’lsa, sizga ham ta’sirini ko’rsatadi. Ayol — "Qisqichbaqa"lar oqshom — oy chiqqanda butunlay boshqacha bo’lib qoladi. U tanqidni ko’tara olmaydi, shuningdek, ko’pchilikning orasida izza bo’lib qolgudek bo’lsa, xo’rlikka chiday olmay davradan chiqib ketishi mumkin.

Uning onasi bilan ham, albatta, yaxshi munosabatda bo’ling, "Qisqichbaqa" onasini xafa qilgan odamni bir umr yomon ko’radi va o’ch olish uchun qulay vaziyatni kutib yashaydi. "Qisqichbaqa" ayolning "men unchalik chiroyli emasman, men u qadar yosh emasman, men aqlli emasman" degan gaplaridan zerikishingiz mumkin. Bunday paytlarda iloji boricha o’zingizni tuting. U sizni sevganidan va yo’qotib qo’yishidan qo’rqadi. Bu ayol qiyinchilikka tushib qolsa ko’p yig’laydi, ammo sabr-toqat bilan hammasining o’tib ketishini kutadi. U o’z sevgasi uchun qurbon bo’lishga ham tayyor. Siz uni tashlab ketishingiz mumkin, ammo ertami-kech yana ortingazga qaytasiz. Chunki siz uchun undan ham yaxshiroq, undan ham go’zalroq, undan ham aqlliroq ayol yo’q dunyoda.

Keyingi burj ... Sharxlash 10.06.2006

Ozoda Nursaidovaning muxlislari diqqatiga! Tez orada sizlar Ozoda Nursaidova bilan qilingan suhbatni o'qishingiz mumkin!

Hosted by uCoz