Qovg'a ( 21-yanvardan 18 fevralgacha )

UMUMIY TA’RIF. Serhissiyot va ta’sirchan, odamiy-liga bilan kishini o’ziga tortadi, yaratuvchanlikka ishtiyoqi baland. U haftalab dangasalikka berilishi lekin bir oylik ishni bir haftadayoq bajarib qo’yishi ham mumkin. Bachkanalik, mutaassiblik unga mutlaqo begona. Undagi ishonchsizlik o’tkinchi xolat bo’lib, uning o’rnini xotir-jamlik va tashabbuskorlik egallashi mumkin.

Bu muchaldagilar bilan kutilmagan tasodiflarga tayyor bo’lish kerak. Tabiatan og’ir-bosiq va yaxshi odam bo’lgan "Qovg’a"lar jamoatchilik fikriga qarshi fikr bildirishdan zavq oladilar, dunyoqarashi tor odamlarning jig’iga tegishni yoqtiradilar. Xayolingizga ham kelmagan paytda, siz hatto o’ylab ko’rmagan ishni qilib lol qoldirishlari hech gapmas. Masalan, mehmonga yalang oyoq kirib kelish...

Bir paytlar sizni jondan suygan “Qovg’a” bir umrga do’st bo’lib qolaylik deb ham taklif qilaveradi. U soddayam emas, o’zini aqlli ko’rsatishga ham tirishmaydi. Sabrsizlik bilan sizni bilishga, sirlaringazdan voqif bo’lishga intiladi. O’sha sirli odam siz bo’lib qolganingizni bilsangiz-da, bu sizga malol kelmaydi. Chunki siz "Qovg’a" bilan o’z yolg’izligingizni unutasiz. Uni siyosat qiziqtiradi, sport kuchiga kuch qo’shadi, bolalar o’ziga tortsa, tarbiyalash rohat bag’ishlaydi.

Gohida uning hayotida azobli yolg’izlik damlari ham bo’ladiki, shunday paytlarda u hech kimni ko’rishni istamaydi. Ammo idroklilik uning boshqa muchallarga qaraganda chuqur va o’tkir aql egasi ekanligidan darak beradi.

"Qovg’a"lar har doim tanishlari, do’stlari va bo’layotgan voqealarni tadqiq qilishdan charchamaydilar. Ba’zan uning to’g’ridan-to’g’ri ko’zingizga qarab: hatto o’ta shaxsiy ishingiz haqida so’rashidan noqulay ahvolda qolishingaz ham mumkin. Uning sizni tashlab, boshqa bir "qiziqroq" odam bilan ketishi siz uchun albatta azob. Ular do’st tanlashda soniga emas, sifatiga ahamiyat beradilar. Shu bois, ularning do’stlari ko’p emas. Ammo ularga keyingi bekatdagi taqdir qiziqarliroq tuyulaveradi. U bilan orangizga sovuqlik tushsa, isitishga urinish behudadir. Mabodo, siz uning yuragida ozgana bo’lsa-da, iz qoldira olgan bo’lsangiz, u bir kun, albatta, oldingazga qaytib keladi. Bu muchal buyuklar muchali ekanligi bilan ham ajralib turadi. Chunki daholarning qariyib 70 foizi shu muchalda tug’ilgan. Ammo ruhiy kasalxonalarda davolanuvchilar ham "Qovg’a"lardir. "Qovg’a" sizga ishonch bildirdimi tamom, unga orani buzuvchi hech bir g’iybat gaplar ta’sir ko’rsatolmaydi.

"Qovg’a"ning kasalligi ko’pincha qon aylanish sistemasi bilan bog’liq.Ular qishda sovqotib, yozda dim havodan azob chekadilar. Qariganlarida vena qon tomirlarining kengayishi, tromboflsbit bilan og’rishlari mumkin. Shuningdek,ularning to’piqlari nimjon bo’lib, qon aylanishining yomonligi tufayli oyoq og’rishi, tomoq og’riq tez-tez bezovta qilib turadi. Shu bois "Qovg’a"larga toza havo, uyqu va jismoniy harakat juda zarurdir. Afsuski, ular eshik-derazalarni berkitib, ko’rpaga o’ranib oladilar. Aqliy mehnat oqibatida yuzaga keluvchi kuchli asab zo’riqishidan miriqib uxlolmaydilar. "Qovg’a"lar yolg’on va aldoqchilikni, qarz olib, qarz berishni yomon ko’radilar, o’tkinchi hoyu xavaslarni farqaydilar. "Qovg’a" insoniyatning orzu niyatlari mujassam bo’lgan muchaldir.

ERKAKLAR.Iltimoslar bilan birovlarning joniga tegaverishni yoqtirmaydngan bu muchal erkaklari bosiq va kamtarindirlar. Ular baxtsizlikda ham tushkunlikka tushib, nolimaydilar, hissiyotlarini oshkor qilmaydilar. Badavlatlik va befaqirlik, muvaffaqiyat va omadsizlik, visol va ayriliq — hamma-hammasi undan begona emas. U birovlarning yuragiga qo’l solishni xush ko’radi. Muhabbatda ham, do’stlikda ham uning sizga munosbatini tushunishingiz mushkul. Ammo hecham chchiqlanmang, har qancha ehtiyotkorlik qilmasin uni "qarmoqqa" ilintirishingiz mumkin.

Uning qiziqishlari xilma-xildir.U har bir odamda o’ziga xoslikni ko’radi va shu bois ba’zi birovlarga o’xshab tanishlari barmoq bilan sanarli emas. U ko’pchilikning tashvishi turganda o’zinikini butkul unutadi. Bu bevosita uning ishqiy dunyosiga ham taalluqlidir. Sizga o’z muhabbatini tuhfa etib turib, boshqalarning ham bu olamda borligini unutmaydi. Shunga qaramay siz boy va go’zal ichki olamingiz, sabr va bardoshingaz, irodangiz bilan uni o’zingizga maftun qila olishingaz mumkin.

U juda yumshoq va yoqimtoy bo’lib ko’rinsa-da, uning bu yuzaki bosiqligi xomxayoldir. Erkak "Qovg’a" ayollar tomonidan qilinadigan murosani hecham ko’tara olmaydi. Jahli chiqqanida "Qovg’a" sizni noqulay ahvolda qolishingizdan xijolat chekmaydi. Lekin negadir siz uni buning uchun kechirasiz. Aslo bunday qilmang va bir martadan ortig’ini kechirmang!

"Qovg’a" ozodalikni jonidan sevadi. Chunki u mikroblar va kasalliklardan juda qo’rqadi. Shu bois pardozingizdan ko’ngli behuzur bo’layotganidan shikoyat qilsa, ajablanmang. U allaqanday sovg’alar bilan ma’shuqasini hayratga solishdan ko’ra, o’z qo’li bilan uzib olgan gullarni hadya qilmoqni afzal ko’radi. Gavharu mo’ynali palto olib bermasa-da, u bilan go’zal turmush kechirasiz.

"Qovg’a"ga xos xislatlardan biri shuki, u oila qurishni, nikohlanishni iloji boricha orqaga suradi. U orani ochish oson bo’lishi uchungina shunday qiladi. Uning uchun do’st-ayol ayni muddaodir. U siz bilan munosabatini ma’naviy do’stlik deb hayol qiladi. Nikohni orqaga surishni hammaning joniga tekkuncha davom ettiradi va oxir-oqibatda bari bir uylanadi. U o’z taklifini sizga kutilmaganda aytishi mumkin. Xudo haqqi, uzoq o’ylab o’tirmay rozi bo’ling! Aksincha, hazillashib ham o’ylab ko’raman, desangaz o’sha zahotiyoq "unda, keling do’st bo’lib qolaylik" deb yuborishi ham turgan gap. Uning uchun xotinning eng asosiy vazifasi ovqatni vaqtida tayyorlab, erining ust-boshidan xabardor bo’lishdir. "Qovg’a"lar yaxshi tinglovchi bo’lganliklari uchun bolalar unga jon-jon deb, dillarini ochadapar.

AYOLLAR. Bu muchalda tug’ilgan ayollar ohangra bolidirlar.Hamisha o’zgarib turishi tufayli ko’pgina kechinmalarni boshidan kechiradi. Erkak muchaldoshlari singari u ham mehnatkash bo’lib, ammo qattiq tartibga toqat qilolmaydi. Har qanday sohani ham gullatadi. U nazokatli, yaxshi raqqosa va suhbatdoshdir. Erta turmushga chiqsa-da, kamdan-kam baxtli bo’ladilar.

U bilan yaxshi munosabatda bo’lmoqchi bo’lsangiz, unga o’z qiziqishlari va do’stlariga o’ralashib yurishga imkon bering. Uni hech qachon uy ichiga butunlay bog’lab qo’yishga urinmang. Chunki, "Qovg’a"ning orzulari biz bilan siznikidan boshqacharoq: uni boshqalar sezmagan yorug’ bir yulduz hamisha chorlab turadi.

Pul hech qachon bu ayollar uchun eng muhim emas. U sizning boyligu martabangizdan ko’ra, o’ktamu donoligingizni yuqoriroq qo’yadi. Qachonki uni taqdiringizga sherik qilmoqchi ekansiz, esingazda bo’lsin, u o’ziga sodiq bo’lmagan erkakka hech qachon butun umrini baxshida etmaydi.

Mabodo, siz ehtirosli ayol deb "Qovg’a"ni tanlasangiz, adashasiz. U muhabbat jismoniy sevgiga ko’pam ahamiyat berilmagandagina go’zaldir, deb hisoblaydi. U jamiyatning har qanday tabaqasiga hayratlanarli tarzda moslasha oladi. Har narsaga ham shubha bilan qarayverish unga begona. Qayoqqa ketdingiz, deb ishxonangizga hufyona qo’ng’iroq qilib hech qachon sizni uyaltirmaydi. Ammo siz buni suiste’mol qila ko’rmang...

U hamisha ichidagani aytavermasligi sababli hissiyot-larini ochiq so’zlamasligi mumkin. "Qovg’a"ning muhabbati aql bilan qalb birikmasidir. O’ziga o’xshagan ana shunday odamni uchrata olsa baxtli bo’ladi. Uning sezgilari aldamaydi, keyinroq bo’lsa-da, aytgani to’g’ri chiqadi. O’rta asrlarda bu muchalda tug’ilgan ayollarni bashoratchilar, deb bejiz aytishmagan.

Keyingi burj ... Sharxlash 10.06.2006

Ozoda Nursaidovaning muxlislari diqqatiga! Tez orada sizlar Ozoda Nursaidova bilan qilingan suhbatni o'qishingiz mumkin!

Hosted by uCoz