YOMONLIK QILISHDAN QO‘RQAMAN!

Xalq mehrini qozonish qanchalar mushkul? Ommaga qish-chi? Bu taqdirmi insonning o‘z vazifasini to‘g‘ri va odil ado etishlikmi? Savollar betinim tug‘ilaveradi. Shunday insonlar borki, ko‘pchilik ularga havas qilishadi va haatda o‘z ideali sifatida qarashadi... ANVAR SANAEV. Bu nom qa’rida respublikamiz miqqsida muxlislarga liq to‘la katta kichik stadionlar, qo‘shiqlarini birdek sevib tinglaydigan chekka-chekka qishloqlardagi qo‘li mehnatdan qadoq otgan bobo-dehqonu, dalada qo‘y-qo‘zi boqib yurgan bolakaylar, shaharliklar, nogiron xud sevimli xonandasini bir bora ko‘rishga intiq bo‘lib kutgan qalblar ko‘ngliga bir dunn mehr-muhabbat bilan tashrif, xullas tom-tom yaxshiliklar ko‘rinadi. Yaqinda Buxoroning bir tumanida bo‘lib o‘tgan bir kontsertida ishtirok etdim. Muxlislar xonanda tomonga otiladi. Uni shunchalar sevishadi! Hatto, bir nuroniy aal sevimli qo‘shiqchisining qo‘lini ushlash ilinjida gavjum muxlislar orasidan zo‘rg‘a chiqib oldi. Kontsert tugagach, xonanda og‘ir xastalikka chalingan, u bilan bir bora ko‘rishishni istagan muxlisasining uyiga ravona bo‘ldi. Anvarni muxlislari qanchalik sevsa, xonanda ham shunchalik muhabbatini, mehrini ular uchun atagan. Ko‘ngilingizga tashrif bugun aynan shu qo‘shiqchi bilan...
- Hayotingiz qo‘shiq yozish, to‘ylarga borish, pul topish bilan o‘tyapti. Bu siz uchun birlamchi. Yana nimalar birlamchilar sirasiga kirishi mumkin. - Hayotda o‘z vazifamni bajaryapman. Alloh tomondan berilgan kichik san’atim orkali xalqimiz ruhiyani, kayfiyatini ko‘taryapman. Biz insonmiz, insonligimizcha qolishimiz kerak. Bu dunndan to‘g‘ri yashab o‘tish- eng go‘zal umr qoidasi bo‘lsa kerak.
- Anvar Sanaev. Shu nomga erishguncha qismatning qancha zahmatlari-yu qiyinchiliklarini totdingiz... - Emas oson bu maydon ichra turmoq, Nizomiy panjasiga panja urmoq . Xuddi shunday gap-da! Nima qilsam ham to‘g‘ri yo‘lda mehnat qilishga harakat qilyapman. Qing‘ir yo‘l bilan maqsadga erishishdan voz kechganman. Fonogrammadan voz kechib, o‘z ovozi bilan ishlashni ko‘pchilik xohlamayapti. General bo‘lishni orzu qilmagan soldat soldat emas deyishadi. Men ham ko‘pchilik san’atkorlar qatori soldatman.
- Good wine needs no bush yaxshi may tok navdasiga muhtoj emas. Ya’ni, qadimgi udumga ko‘ra, Angliyada mayxona egasi may sotishini bildirish uchun eshigi tepasiga uzum toki navdasini osib qo‘yarkan. Shu kabi qo‘shiqlarni majburlab tinglovchi ongiga singdirish shartmikan. Nega tarixda yashaydigan, ortiqcha reklamaga muhtoj sezmaydigan ijod tovarini yaratish mushkul?! - Texnika asrida zamon ildamlab boryapti. San’atda juda ko‘p yo‘nalishlar paydo bo‘lyapti: rok, rep, pop, jazz, rnb... shlar zamonaviylikni qtiradi. Tan olish kerak, shlar ayni paytda nasihatomuz qo‘shiqlarni tinglashga toqati yo‘q. Biz esa ular so‘ragan qo‘shiqlarni kuylashga majburmiz. Biroq, milliylikni ham unutmasligimiz lozim! Bu burchimiz! Muxlislar talabi biz uchun qonun va ular bu borada hamisha haq.
- Yangi qo‘shig‘ingiz ham ayriliq, sog‘inch azobi haqida. Boshqa mavzu yo‘qmi, kuylashingizga? - Ayriliq emas.
- Ayriliq- ku? - Ayrilmasdan ham sog‘inish mumkin. Yaqinda Ota nomli yangi qo‘shiq kuyladim. Nazarimda, bu faqat muhabbat haqida kuylaysiz degan savolingizni oqlamaydi. Yangi alübomimda taqdim etiladigan bu qo‘shig‘imni Olot tumanida istiqomat qiluvchi ashaddiy muxlisam Nodiraning iltimosiga binoan kuyladim. Otamdan shu mavzuda qo‘shik zib berishini iltimos kildim. Ota - barcha ko‘ngli o‘ksik muxlislarim uchun kuylanadi.
- Muxlislarga shu qadar sodiqsiz... Ular ayrim paytda bevafo ham bo‘lishadi? - Menimcha, o‘z muxlislariga sodiq san’atkorlarni ular sotishmaydi. Muxlislar bor-biz bormiz.
- Uchala xilma-xil ijod yo‘lidan boraatgan, shlar o‘rtasida qiziqish uyg‘otaatgan: Zero , dgor Mirzajonov, Shohruh repper ijodiga qanday munosabatdasiz? - Ishlaatgan shlarga mehrim baland. Qoyil qolish kerak, xalqqa qyapti, Omadini bersin!
- Anvar Sanaevning multik qiifasini yaratish g‘oyasi nega kerak bo‘ldi. Bu o‘zbek shou-biznesida yangilik bo‘lishi mumkin biroq, uzoqqa bormaylik Moskvada allaqachon siyqasi chiqqan mavzu-ku?! - Siyqasi chiqqan degan fikringizga qarshiman. Glyukoza dan boshqa kimni sanab bera olasiz?
- Glyukoza yangilik qilib bo‘ldi. Yana takrorlash shartmidi? - Fakat shu qo‘shiqchi qildi bu yangilikni. O‘zbek shou-biznesiga esa birinchilardan bo‘lib biz olib kirdik.
- Qaysi qo‘shig‘idan ta’sirlandingiz? - Sneg iddt juda qdi. Biroq, men Glyukoza kliplari programmalaridan foydalanmadim. O‘zbek klipmeykerlari ham qo‘lidan kelgancha o‘z mahoratlarini ko‘rsatishdi.
- Biroq, klipning ko‘p qismi GTA kompüyuter o‘yinidan olingan-ku? - Shuning uchun aytyapman-da, imkoniyat darajasida yaratishdi deb. Rossiyada ishlanaatgan bunday talqindagi kliplar harajati esa ancha.
- Darvoqe, multik qiifangizni yaratish ancha qimmatga tushgan ekan& Bu qiifangiz uchun qancha to‘ladingiz? - Men maqtanmoqchi emasman. Muxlislarim uchun pul ayamayman.
- Balki g‘arazlik, balki haqiqat. Hamksblaringizdan ko‘pchiligi haligacha qo‘shiqlaringizni jonli ijroda falüsh aytadi deya fikr bildiradi& - Kim nima desa desin, men esa jonli kuylashda davom etaveraman.
- Bora-bora ni o‘zbek matni bilan kuylashingiz shartmidi? - Shu qo‘shiq juda qdi. Men uni Nozlaring go‘zal deya kuylayapman.
- So‘nggi paytda tez asabiylashadigan bo‘lgansiz, demak dam olishga vaqtingiz yo‘q. - Ko‘p ishlash, kam dam olish... Haat shunisi bilan qiziq-da. Haqiqiy ijod asabiylashish bilan bog‘liq. Busiz iloj yo‘q.
- Bu fikringizga qo‘shilaman. Bir mashxur shaxs, yurtimizdagi eng mashxur biznes-lediga siz keraklicha band insonsiz. Oilangizga kam vaqt ajrataatganingiz vijdoningizni azoblamaydimi? Degan savoliga : hammasiga ulguraman, vaqtim yetarli desam lg‘on bo‘ladi, har qanday ota-ona o‘z farzandiga eng yaxshisini xohlagani kabi, men ham shunga intilaman. Demak, zamonaviy inson juda ko‘p ishlashi kerak, deya javob bergandi& . - To‘g‘ri, dam olishda ham ijodiy rejalar davom etishi kerak. Men o‘zim shundayman. Ilhom kelib qolsa ijodim haqida o‘ylayveraman.
- Shou-biznes dashnomlari qattiq: tinglovchining qahri kelsa san’atkorga bakalashka irg‘itadi, qay biri tinmay monlaydi& eng og‘iri tinglamay qo‘yadi. Qarabsizki, tinglamaslik ko‘rsatkichi yildan yil oshib, o‘sha san’atkorga e’tibor susayadi. Xalq nazaridan qolmaslik uchun qanday choralar ko‘rgansiz& - Birinchi o‘rinda jonli kuylash! FONOGRAMMANI tinglovchilar qabul qilmagani uchun ham bakalashka otiladi. Sherali Jo‘raev, Yulduz Usmonovaning jonli ijrodagi kuylashi hammamizga o‘rnak bo‘la oladi.
- Lola, Shahzoda, Rayhon. Rostini ayting, ayni paytda qay bir xonandaning reytingi yuqori ? - Uchalasi ham bir xil reytingda. Ularni bir xil sevishyapti.
- San’atkor muxlislaringiz haqida ham bilasizmi? Sizni tinglaymiz xud qo‘shiqlaringiz haqida fikr bildiradigan hamkasblaringiz ham bormi? - Qaysi hamkasb bilan gaplashsam, bir-birimizga munosabat bildiramiz. Yaqinda Samarqandda to‘yda Aziza Niizmetova bilan uchrashib, fikrlashdik. Uning Bahor klipi Yulduz Usmonovanikiga o‘xshabdi dedim.. Shunday dedimmikan?! (eslashga urinib) Menga qdi, bu klip. Aziza ham mening ijodim hakida fikr bildirdi.
- Alübomlaringiz dunn yuzini ko‘rishini xohlaysizmi? -Shunga harakat qilyapman. Bu har bir san’atkorning orzusi bo‘lsa kerak.
- Dunyoga o‘tkinchi, qaytar, nohaq deya ta’rif beramiz. Haatingizda shu so‘zlar qay darajada aksini topadi? -To‘g‘ri hammasi o‘tkinchi. Hech kimga omad, boylik, sog‘liq bog‘lab berilmagan. Omad qushi boshdan-boshga qo‘naveradi. Shuning uchun haatda baxtni, baxtsizlikni ham bir xilda qarshi olishga tayyr bo‘lishimiz kerak. Darvoqe, yaxshilik ham, monlik ham qaytadi deyishadi. Ko‘proq yaxshiliklar qaytgan. Aslida monlik qilgan odamimga ham yaxshilik qilaman. monlik qilishdan qo‘rqaman. Aytishadi-ku, Yaxshilik qo‘lingdan kelmasa, monlik ham qilma. Bu ham yaxshilikdir .
- Nega davlat tadbirlarida ishtirok etmaysiz? - Taklif etishadi-yu, sinovlarga kelganda bizni olib tashlashadi. Biroq bundan xafa bo‘lmaymiz. Sababi, shundog‘am viloyatlardan takliflar ko‘p. Vatanimizning har bir go‘shasida yurtdoshlarimiz istiqomat qiladi. Hammasi ham aziz biz uchun!
- Ingliz tilini o‘rganaatgan ekansiz? - Hozir sal to‘xtab turibdi. Boisi, ijodiy ishlar bilan bandman. Qishda esa sal bo‘sh paytimda yana Bonk ning birinchi qismini o‘rganishda davom etaman.
- Pulingiz ko‘pligida shaxsiy mulk sonini orttirib qo‘ygan ma’kul. Bu borada san’atkorlar shaxsiy studiyalarini ochmoqda. Sizda ham harakat bormi? - Albatta. Biroq boshqa bir maqsadim ham bor: studiyamda sh ijodkorlarga ko‘mak berish. Ular uchun turli imtiizlar yaratish.
- Mashxurlikning yuz o‘girishi azob bo‘lsa kerak. Tan oling, kecha omadsiz yurgan yigit bugun to‘la quvonch ila yursa zarracha bo‘lsa-da, hasad qilasiz-ku? - Yo‘q. Bu paytda nega men shunday ijod qilmayapman? degan sog‘lom raqobat savoli tug‘iladi.
- Tanqidlarni ko‘tara olmaysiz-a? - Tanqidlarga befarq bo‘lib qoldim. Sababi, muxlislar baribir asl haqiqat tarafdori!
- Mark Tven bir asarida zadi: Shunday yashaylikki, o‘lganimizda hatto go‘rkovning ham rahmi kelsin! . Sizningcha, yaxshi inson qanday inson? - Mening fikrim bu borada boshqacha: Yig‘lab kelganmiz bu dunnga, kulib, xandon otib ketaylik, boshkalar yiglab kolsin! .
Bu suhbatimizning yakunlovchi savol va javobi edi. Kulib xayrlashdik. Yana kulib uchrashishlik nasib etsin.
www.shov-shuv.uzdan olindi.

Keyingi suhbat... Sharxlash 10.06.2006

Aziz do'stlar! Agar sizlar skanvord yechishga qiziqsalaring men sizlarga "OROM +"gazetasini tavsiya etaman. Sizlar yana ushbu gazetadan turli qiziqarli latifalarni o'qishingiz mumkin. Yana bundan tashqari 65 000 so'm miqdorida yutuqqa ega bo'lishingiz mumkin