Ozodbek Nazarbekovni qiynagan mashhurlik

Bir donishmand: “Mashhurlikka intilish eng kuchli xohishdir. Meni bu xohishdan xalos etgin, qolganlaridan esa o‘zim qutulaman”, degan ekan. Donishmand nimaga asoslanib bu gapni aytgan? Axir, mashhur bo‘lish kimga yoqmaydi? Shuhratga erishish omadmi, baxtmi yoki azob? Kim bilsin, balki birovlar uchun omaddir, yana boshqalar uchun azob! Mashhurlik yukini ko‘tarish esa hammaning ham qo‘lidan kelavermaydi.
Ozodbek Nazarbekov bugungi san’atimizning mashhur insonlaridan biri. U mashhurlikni qay darajada ko‘tara olayapti? Muxlislarimiz talabi bilan xonandani suhbatga chorladik. Suhbat avvalida esa tahririyatimizga Nazarbekov nomiga kelgan maktublarni egasiga tutqazdik.

To`liq o`qish... Sharxlash 28.10.2006

SAUDIYA ARABISTONI: IROQ CHEGARASIDA YANGI “XITOY DEVORI” QURILADI

Keyingi paytlarda Oq uy ma’muriyatining Iroqda vaziyat bir me’yorga tushib qolganligi haqidagi bayonotlari jahon ommaviy axborot vositalarida keskin tanqidga uchramoqda. Zero, hatto AQSh maxfiy xizmatlari mutaxassislari ham Iroq urushi xalqaro terrorizmning kuchayishiga olib kelganligini e’tirof etishmoqda.
Aslini olganda ham Iroqda vaziyat tobora nazoratdan chiqib bormoqda.
Vaziyat shu qadar jiddiyki, nihoyat Saudiya Arabistoni porox solingan bochkaga o‘xshab borayotgan qo‘shni davlatdan o‘zini himoya qilishning qadimiy usuliga murojaat etishga majbur bo‘ldi.
Xullas Saudiya Arabistoni mamlakatning Iroq bilan chegaradosh hududi bo‘ylab ulkan devor tiklab chiqishni rejalashtirdi. Albatta, yangi devor ma’lum va mashhur Xitoy devori singari bo‘lmas. Ammo hozirdanoq loyiha mahobati ko‘plarni hayratda qoldirmoqda.
Yangi devor uzunligi minglab kilometrga cho‘zilgan bo‘ladi. Devor kuzatish va xavfsizlik tizimining eng zamonaviy jihozlari bilan ta’minlanadi. Har o‘ttiz metrda metall to‘siq o‘rnatilgan bu devorning quyi va yuqori qismi elektr toki o‘tgan tikanli sim bilan o‘raladi.
Qumga esa o‘ta sezgir kabel-datchiklar o‘rnatilgan bo‘lib, ular yuzadagi har qanday katta-kichik bosim o‘zgarishini darhol boshqaruv markaziga xabar qiladi. Devordagi o‘n minglab kameralar nafaqat kunduzi, balki kechasi ham atrofni hushyorlik bilan kuzatib turadi.
Devor qurilishiga milliardlab dollar sarflanishi ko‘zda tutilmoqda. Biroq hukumat bu borada tejamkorlik qilish fikridan yiroq. Zero, agar devor qurilmasa, fuqarolar urushidan bezor bo‘lgan minglab, yuz minglab, hattoki millionlab iroqliklar Saudiya Arabistoniga qochib o‘tishi mumkin. Shuningdek, mustahkam chegara qurol-yarog‘, kontrabanda mahsulotlari, shuningdek, fohishalar savdosiga ham chek qo‘yishi mumkin.
Yangi devor mutlaqo maxfiy ravishda bunyod etiladi. Amerikaliklarga qurilishda ishtirok etish qat’iyan man etilgan. Devorning maxfiy sirlarini hattoki koinotdan kuzatib turib ham aniqlab bo‘lmaydi.
Ayrim mutaxassislar devor qurilishining maxfiy tarzda olib borilishi sabablaridan biri sifatida, unda chegara buzuvchilarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri, ogohlantirishsiz otib tashlashga mo‘ljallangan maxsus qurol-yarog‘lar ishlatilganligini ko‘rsatishmoqda.

Davomi.... Sharxlash 10.06.2006

“BARIBIR MENGA UYLANASAN!!

Pokiston poytaxti Islomobodda yashovchi 25 yashar qiz sevgan yigitidan keyingi paytlarda shubhalana boshlagandi. Xo‘sh, nega to‘yni cho‘zayapti u? Turmush qurish niyati bormi-yo‘qmi o‘zi?..
Ana shu xayollar bilan uchrashuvga bordi va masalani ko‘ndalang qo‘ydi. Yigitdan aytarli javob ololmagach, jahl otiga mingan qiz yigitni pichoqlab qo‘ydi. Qizning so‘nggi gapi shunday bo‘lgandi:
— Meniki bo‘lmaysanmi, demak, hech kimga nasib etmaysan!
Politsiyachilar qotilni shu kuniyoq qo‘lga olishdi.

Davomi... Sharxlash10.06.2006

Ozoda Nursaidovaning muxlislari diqqatiga! Tez orada sizlar Ozoda Nursaidova bilan qilingan suhbatni o'qishingiz mumkin!