Televizor ko'rish zararlimi?

1 .Programmadagi sizga qiziqarli bo‘lgan kino yoxud ko‘rsatuv, dasturlarni belgilab qo‘yasizmi?
(Ha/yo‘q)

2 .Insonning bilim doirasini oshirishda ko‘mak beradigan ko‘rsatuvlarni muntazam ravishda ko‘rib borasizmi?
(Ha/yo‘q)

3 .Biror serial, tok shou, kinolarni muntazam ravishda ko‘rishni odat qilib olganmisiz?
(Ha/yo‘q)

4 .Televizor ko‘rayotib darslaringizni, ishlaringizni unutib qo‘yasimizmi?
(Ha/yo‘q)

5 .Televizor ko‘rishni boshqa aqlni charxlaydigan narsalar qatoriga qo‘ya olasizmi?
(Ha/yo‘q)

6 .Borayotgan yeringizda televizorning bor yo‘qligi bilan qiziqasizmi?
(Ha/yo‘q)

7 .Biror kanalni ko‘rish masalasi bo‘yicha oilangizda tez-tez tortishuvlar bo‘lib turadimi?
(Ha/yo‘q)

8 .Agar kanalni qiziqib ko‘rayotgan vaqtingizda uyingizga mehmonlar kelib qolib, hamda ular siz ko‘rayotgan narsaga qiziqishmasa, televizorni o‘chirishga qodirmisiz?
(Ha/yo‘q)

9 .Televizor — ovqatlanayotgan vaqtda bolalarning jim o‘tirishining eng yaxshi yo‘li ekanligiga qo‘shilasizmi?
(Ha/yo‘q)

10.Cho‘ntagingiz ko‘tarmasa-da so‘nggi nusxadagi televizorni sotib olishga intilasizmi?
(Ha/yo‘q)

11 .Televizorni xohishingizga qarab juda baland eshitishingiz bilan o‘zgalarning ishi bo‘lmasligini istaysiz-a?
( Ha/yo‘q)

12 .Ilgari odamlar dam olishda rohatlangan, qoniqgan umuman mashg‘ul bo‘lgan narsalar o‘rnini televizor bosganiga qo‘shilasizmi?
(Ha/yo‘q)

13 .Televizorda ko‘rgan faktlarga, narsalarning bariga ham ishonaverasizmi?
(Ha/yo‘q)

14 .Televizorni yoqib qo‘yib, uni hech kim ko‘rmayotgan bo‘lsada o‘chirishni xayolingizga keltirmaysiz-a?
(Ha/yo‘q)

Har bir savolga bergan javobingizni quyidagi mundarija yordamida taqqoslang. Agar ba’zi savollarga javob bermasangiz, 0 qo‘yib qo‘ying.

  
1. Ha - 5                          2. Ha - 10 
3. Yo‘q - 5                        4. Yo‘q - 10 
5. Yo‘q - 5                       6. Yo‘q - 5 
7. Yo‘q - 5                       8. Ha - 10 
9. Yo‘q - 10                     10. Yo‘q - 10 
11. Yo‘q - 10                   12. Yo‘q - 10 
13. Ha - 5                        14. Yo‘q - 10 
90 – 130: Televizor — sizning do‘stingiz. Siz undan unumli foydalanasiz, u yordamida bilim doirangizni kengaytirasiz.Sizda undan tashqari qiladigan ko‘pgina qiziqarli ishlaringiz bor, ko‘p kitob o‘qiysiz, oilangizni qadrlaysiz, do‘stlaringiz ham talaygina. 20 — 85:Televizor sizga do‘st ham, dushman ham emas, uni ko‘rish sizga odat tusiga kirib qolgan. “ 0” ochko qo‘ygan javoblaringizga qarab shuni aytish mumkinki, siz qaysi dasturni ko‘rishingizni xohlagan vaqt aniqlaysiz. Bilimni oshirishda televizordan unumli foydalaning. 0—15: Bilasizmi, televizor sizning ashaddiy dushmanlaringizdandir. U sizni butkul qo‘lga olgan. Bunaqada o‘zligingizni yo‘qotib qo‘yasiz!

Keyingi test... Sharxlash 10.06.2006

Aziz do'stlar! Agar sizlar skanvord yechishga qiziqsalaring men sizlarga "OROM +"gazetasini tavsiya etaman. Sizlar yana ushbu gazetadan turli qiziqarli latifalarni o'qishingiz mumkin. Yana bundan tashqari 65 000 so'm miqdorida yutuqqa ega bo'lishingiz mumkin