Egizaklar ( 22 -maydan 21-iyungacha )

UMUMIY TA’RIF. Bu muchal sohiblari doim ikkilanish tuyg’usi bilan yashaydilar. "Egizaklar" aqlli, qiziquvchan, shu bilan birgalikda qiziqqon va asabiy-dirlar. Ular ish yoki yashash joylarini, o’z qarorlarini va fikrlarini to’satdan o’zgartirishlari mumkin. Hatto, birorta kitob o’qimoqchi bo’lsalar ham eng so’nggi betidan boshlashlari mumkin."Egizaklar" davra suhbatlarida faol ishtirok etadilar, gapirishni yoqtiradilaru tinglashga toqatlari yo’q. Dono va aqlli bo’lganliklari uchun har qanday keskin vaziyatlardan osonlik bilan qutuladilar. Tez va aniq fikrlash bobida ularga "Qovg’a"gina bas kela oladi. Ularni sevish qiyin, chunki "Egizaklar" o’z qadr-qimmatlarini juda yuqori qo’yadilar. Qaysi ishga qo’l urmasinlar, ularga omad kulib boqadi. Muchal sohiblarining tasavvur qilish qobiliyatlari cheksizdir. Shuning uchun ularning orasida iste’dodli adabiyotshu-noslar, san’atshunoslar, ilmiy tadqiqotchilar va siyosat-chilar ko’plab uchraydi.

ERKAKLAR. Bu muchal sohiblari iste’dodli, o’tkir didli suhbatijon, hurmattalab kishilardir. Azbaroyi, yolg’izlanib qolmaslik uchun ular har qanday fe’l-atvordagi odamlar bilan ham shiringina suhbat qurishlari mumkin.Bu muchalda tug’ilgan erkaklar kamgap yoki haddan tashqari sergap ayollarni yoqtirmaydilar. U sizga bugun sevgi izhor qilib, ertaga uchrashuvga kelmasligi mumkin. Lekin siz xafa bo’lmang, chunki uning bir qarorga kelishi juda qiyin. Yaxshisi unga qattiq bog’lanib qolmaslikka harakat qiling. Erkak-"Egizaklar" yangi do’stlar orttirgach, eskilaridan osonlik bilan voz kechadi. Shuningdek, shaxsiy turmushi ham, sharoiti ham, fikrlashi ham tez-tez o’zgarib turadi.U sizga sodiq bo’ladi, albatta. Lekin siz buni suiste’mol qilmang. To’g’ri, uni ayollar yoqtirishadi, ammo bu — ayollar unga yoqadi, degan gap emas."Egazaklar" ko’pincha "agar"lab gapirishadi (agar men sevganimda, agar msn...) Siz uning tasavvuri mukammal chiqmasligini tushunishingiz lozim. U bolalarni sevadi. Bitta kamchiligi bor — bu ham bo’lsa, bergan va’dasini unutib qo’yish.

AYOLLAR. Bu muchal sohibalari aqlli, zukko, mehribon, talabchan, xayolparast ayollardir. U bilan birga bo’lsangiz, sirayam zerikmaysiz. Ayol — "Egizaklar" juda o’zgaruv-chandirlar. Sizning o’ktamu donoligingizdan hayratlaiib, maqtovlar yog’dirayotib bir daqiqaning o’zidayoq bu fnkridan qaytishi, kamchiliklaringizni yuzingizga solib, sizni mulzam qilib qo’yishi hech gapmas. Uning bu "toshbag’irligi" to’g’ri so’zligidan ekanini tushunsangiz sira ham xafa bo’lmaysiz.

Muchal sohibalari sevsalar chin dildan sevadilar. Ammo buning uchun unga yoqadigan kishi bittayam kamchiliksiz, to’kis bo’lishi kerak. Benuqson shaxslar faqat ertaklardagina bo’ladi, deysizmi? Adashasiz! Ayol — "Egazaklar" esa ularni hayotdan topa olishadi. To’g’rirog’i, o’zlari kashf etishadi. Agar u siz bilan turmush qursa, hayotingiz davomida har xil ayollar bilan yashayotganday o’zingizni his qilasiz.

Birinchidan: U har qanday sharoitga moslasha oladi. Uning sevgisi shug’ullanadigan mashg’ulotlariga halaqit bermaydi. Bu ayol o’tkir didli, nozikta’b, sayru sayohat qilishni hush ko’radi. Har qanday vaziyatlarda ham unga ishonch bilan yondoshishingiz mumkin. Ko’pchilik u haqda yengiltak ayol deb, o’ylashlari tabiiy. Bu — noto’g’ri! Ayol — "Egizaklar" hayolotga boy, chuqur aql egasidirlar.

IIkkinchidan: ba’zida esa u "to’nini teskari kiyib" olishi, qovushmagan o’jarlik bilan sizni xunob qilishi mumkin. Agar bahslashib qolguday bo’lsangiz,albatta haqligangizni isbotlab bermaguningizcha unda o’zingizga nisbatan hurmat uyg’ota olmaysiz.Ishdan kechikib kelsangiz, qaerda edingiz, deb so’rab-surishtirib o’tirmaydi. Ammo siz ham u kechiksa surishtirmang. Uning o’zi ham xayollari singari erkin bo’lishni istaydi.

Uchinchidan: charchasa, uy ishlariga umuman qo’l urmaydi. Yuviqsiz idishlar, oyoq ostidagi supurgi, kechikkan ovqat sizni qanchalik g’azablantirmasin, o’zingazni bosib turing. Koyinmang, aksincha hech narsa bo’lmagandek o’zingazning yangi rejalaringiz haqida gapiring. U esa yana avvalgidek uyni chinnidek tozalab, idishlarni yuvadi, kechikib bo’lsa-da, o’zi tayyorlagan taomlar bilan dasturxon bezaydi. Bu o’tkinchi, ammo tez-tez bo’lib turadigan holat.

To’rtinchidan: mehribon, quvnoq va mayin tabassumli ona hamdir. Uning tarbiyasidagi bolalar o’z-o’zini boshqari-shadi. Bolalarni juda yaxshi ko’rishiga qaramay, ular uchun kam vaqt ajratadi. Bu ayol o’smirlarga sirdosh, bolalarga do’st bo’lib yashaydi.

Beshinchidan: u ajoyib beka! Uyingizga kelgan meh-monlar xotiningizning didiga tasannolar o’qiydilar. Dasturxon bezashda unga teng keladigan ayol yo’q. U hamma joyda, har qanday davralarda o’zini erkin tutadi. Siz esa uni qimmatbaho sovg’alar — atir-upalar, chiroyli ko’ylaklar, mehr-muhabbatingaz bilan ta’minlashga o’rganib qolasiz.

Keyingi burj ... Sharxlash 10.06.2006

Ozoda Nursaidovaning muxlislari diqqatiga! Tez orada sizlar Ozoda Nursaidova bilan qilingan suhbatni o'qishingiz mumkin!

Hosted by uCoz