Qanday qilib sepkilni yo'qotish mumkin ?

1. Bahor va kuz oylarida petrushka bargi va bandidan niqob qilish, kuz oylarida esa petrushka ildizidan niqob qilish kerak. Go’shtmaydalagichdan chiqarilgan petrushkani tozalangan yuzga (ko’z ostidan tashqari) 20-30 daqiqaga surtib qo’yiladi. Niqob sovuq suvda yuvib tashlanadi va yumshatuvchi krem suriladi.

2. Limon sharbati bilan aralshtirlgan qaynatma petrushka bilan yuz terisini kuniga 2 mahal artib turish kerak (ertalab va kechqurun).

3. 50 gr petrushkani 0,5 l spirtga (50% li) solib, 2 hafta qorong’u honada 2 hafta mobaynida tindiriladi.

4. Niqob: 1 choy qoshiq petrushkani 1 choy qoshiq asal bilan aralshtirib, yuzga 45 daqiqa ushaladi. Ushbu niqobga limon sharbatini ham qo’shish mumkin. Bu holda 2 choy qoshiq maydalangan petrushka, asal va limon sharbati yaxshilab aralashtiriladi va yuzga 15 daqiqaga suriladi.

5. Petrushka sharbatini sut bilan yoki qatiq bilan (yog’li yuz uchun), smetana bilan (quruq yuz uchun) aralashtirib, 15 daqiqaga yuzga surib qo’yiladi. Niqob iliq suvda yuviladi.

6. Qulupnay, maymunjon va qorag’at (smorodina)lar ham oqartiruvchi hususiyatga egadir. Mevalarni ezib, 20-30 daqiqaga yuzga surib qo’yiladi.

7. Yarim stakan bodomni 1 st qaynatilgan suvga 3-5 daqiqaga solinadi. Suvini to’kib, bodomni go’shtmaydalgichdan o’tkaziladi. Tayyor bo’lgan masalliqqa yarimta limon sharbati va 1 choy qoshiq qaynatilgan suv qo’shib aralshtiriladi. Niqobni 30 daqiqaga surib, iliq suvda yuvib tashlanadi. Ushbu niqobni 4-5 oy mobaynida haftasiga 2 marotaba qilish kerak.

8. 25 gr xamirturushni 1 choy qoshiq limon sharbati bilan aralashtiring. Tayyor bo’lgan aralashmaga 1 choy qoshiq sut qo’shiladi. 20 daqiqadan so’ng niqobingizni yuvib tashlashingiz mumkin.

9. 1 dona limon sharbati+1 tuxum oqi+10 gr shakar+100 ml suv=aralashma niqob. 20-30 daqiqadan so’ng yuvib tashlanadi. Kunora qo’llaniladi.

10. Piyoz sharbatiga botirilgan paxta tampon bilan kuniga 2 marotaba yuz artiladi.

Oqartiruvchi niqoblarni kechki paytlari qo’llagani maqsadga muvofiq.Niqoblardan so’ng quyosh nuridan o’zingizni panada saqlaganingiz ma’qul.Sepkil toshishini oldini olish uni yo’qotishdan osonroqligini yodingizda tuting.

Buning uchun ma’lum bir ko’rsatmalarga amal qilish kerak:

1.Har kuni yuzingizni limon sharbati bilan artib turing(quruq yuz uchun suv qo’shib).

2.Har kuni qatiq surib turing. Agar achishsa yumshatuvchi yoki oziqlantiruvchi krem suring.

3.Fevral oyidan boshlab tarkibida C vitamini ko’p bo’lgan mahsulotlarni iste’mol qiling (karam, olma, limon, na’matak damlamasi va x.z.).

Keyingi maslahat Sharxlash 10.06.2006

Aziz do'stlar! Agar sizlar skanvord yechishga qiziqsalaring men sizlarga "OROM +"gazetasini tavsiya etaman. Sizlar yana ushbu gazetadan turli qiziqarli latifalarni o'qishingiz mumkin. Yana bundan tashqari 65 000 so'm miqdorida yutuqqa ega bo'lishingiz mumkin

Hosted by uCoz