Ortiqcha vazndan qanday qutulish mumkin ?

Ortiqcha vazndan qutulish istagida yurgan xonimlar maxsus parhez qilishlari zarur. Har bir inson uchun alohida parhez turi tavsiya- qilinadi va uni faqat shifokor belgalab beradi. Lekin parhezingiz ham oson semirishingizga sabab boluvchi taom va meva-sabzavotlarni istemol qilishda meyorni bilishingiz zarur.

Demak, bu non, pechene, tort, vafli, pirog, quymoq, shirguruch; kartoshka, vermishel, guruch va boshqa don mahsulotlaridan tayyorlanadigan shorvalar; saryog, qaymoq, pishloq, smetana; guruch, kartoshka, makaron, noxot (jandiqdan tashqari). Yogli goshtlar, qovurilgan goshtli taomlar, kolbasa, dum-ba, goz goshti, konservaga solingan yogli baliqlar ham shular jumlasidandir. Barcha shakar bilan konservalangan mevalar, quritilgan mevalar, banan, yongoq, muzqaymoq, shirali uzum, konfet, kakao, siropli gazli suv va, albatta, shokolad ham semirishdan qorqadiganlar uchun taqiqlanadi.

Parhez tutish uchun qollangan bu uzundan-uzun menyuni osib, "Unda nima esam boladi?" deya savol berishingiz tabiiy. Qanday massaliqlar qomatingizga salbiy tasir korsatmasligini eslab qoling. Ammo ularni suistemol qilish ham semi-rishingizga sababchi bolishi mumkun. Kimki, ovqat istemol qilishning meyorini bilmasa, past kaloriyali taomlardan ham semirib ketadi. Past kaloriyali mahsulotlarga piyoz, selder, sabzi, bodring, pomidor, rediska, jandiq, karam, ismaloq, petrushka, olma, nok, shaftoli,olxori, ananas kabilar mansubdir. Shorva, yogsiz goshtli qayla, qaynatilgan yoki duxovkada pishirilgan, qovurilmagan baliq, jigar, tovuq va kurka goshti; qaynatilgan tuxum, tvorog; jelatinli taomlar: shakarsiz jele, yogsiz ilvira (xolodes), yogsiz sut, siropsiz gazli suv ham shular jumlasidan.

Agar on kun davomida nafsingizni tiyib, parhezga qatiy rioya qilsangiz, bunday ovqatlanish odatga aylanib, uni organizmning ozi ham talab qiladiganbolib qoladi. Buning natijasida esa ozingizni qaddi-qomati kelishgan xonimdek his qilib, u kabi bolish qanday ajoyib ekanligini bilib olasiz. Xonimning qomati doimo kelishgan bolishi uchun u quyidagi qoidalarga amal qilishi zarur:

- Vazningizni muntazam: bir oyda bir marta olchatib turing.

-Irodali va bardoshli boling.

- Birdaniga kop ovqatlanmang. Eng yaxshisi kam-kamdan kuniga besh mahal ovqatlaning.

- Kechqurungi soat oltidan keyin hech narsa emang.

- Televizor korayotgan paytingizda ovqatlanish odatini tashlang.

-Sifatli va qaynatma ovqatlar sizning asosiy ozuqangiz bolsin.

- Raqsga tushish imkoni bolsa, uni qoldan boy bermang.

-Iloji boricha shirinliklarni istemol qilmaslikka harakat qiling. Koproq meva eng.

- Kop yurishga harakat qiling.

- Kayfiyatingizni bolar-bolmasga buzmaslikka, uning bir ravon va alo darajada bolishiga harakat qiling.

www.myp.uz

Keyingi maslahat Sharxlash 10.06.2006

Aziz do'stlar! Agar sizlar skanvord yechishga qiziqsalaring men sizlarga "OROM +"gazetasini tavsiya etaman. Sizlar yana ushbu gazetadan turli qiziqarli latifalarni o'qishingiz mumkin. Yana bundan tashqari 65 000 so'm miqdorida yutuqqa ega bo'lishingiz mumkin

Hosted by uCoz